Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan.
Mirobod tumanida «Turonbank» kassiri va mas’ul shaxslari bankomatdagi 348 mln so‘mga yaqin naqd pul va 7600 dollarni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlandi.
Chortoq tumanida bank mas’ul xodimlari tadbirkor bilan o‘zaro til biriktirib, quyonchilik va chorvachilik uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Mingbuloq tumanida esa tadbirkor bankning sobiq mansabdor shaxslari bilan birgalikda fuqarolarga tikuvchilik uchun ajratilgan 143,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.
Ikkita kompaniya hamda «Asakabnk» bosh ofisi va filiali xodimlari 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur mablag‘lar Osiyo taraqqiyot bankidan jalb qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting